11:30 / 04.08.2020
3554
Katta avtomobil yo‘llari bo‘yida joylashgan maktablar yaqinida yer osti o‘tish joylarini qurish taklif etildi

Katta avtomobil yo‘llari bo‘yida joylashgan maktablar yaqinida yer osti o‘tish joylarini qurish taklif qilinmoqda.

Foto: UzA

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida katta avtomobil yo‘llari bo‘yida joylashgan maktablar yaqinida yer osti o‘tish joylarini qurish haqida petitsiya joylashtirildi.

Qayd etilishicha, mamlakatda avtomobilsozlik sanoati rivojlanayotgani va xalq farovonligi yuksalayotgani bois transport vositalari soni ko‘payib bormoqda. Bu esa yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash masalasi muhimligini taqozo etadi. 

“Aholi, ayniqsa, bolalarga yo‘llarda xavfsiz harakatlanish qoidalarini o‘rgatish muammoni hal etishning samarali usullaridan biri, albatta. Lekin, bolalarga yo‘llarda xavfsiz harakatlanish qoidalarini o‘rgatishning o‘zi kamlik qiladi. Hozirda mamlakatimizdagi juda ko‘plab maktablar yo‘l yoqasida joylashgan, ba'zi maktablarga esa yo‘l yoqasi bo‘ylab boriladi. Bunday vaziyatda ota-onasi bilan kelgan o‘quvchilar bir amallab bu yo‘llardan o‘tib olar, lekin biror sabab bilan kuzatuvchisiz, maktabga yolg‘iz qatnaydigan o‘quvchilar bu yo‘llarda qiynalishadi”, - deb yozmoqda murojaat muallifi.

Yuqoridagi holatlarning oldini olish maqsadida mamlakatdagi barcha yo‘l yoqasida joylashgan maktablar yaqinida o‘quvchilarning xavfsiz harakatlanishini ta'minlash maqsadida piyodalar yer osti va yer usti o‘tish joylari qurish taklif qilingan.

Top