13:54 / 04.08.2020
14968

Xolesterinni dori-darmonsiz kamaytirish usuli aytildi

Rossiya milliy profilaktika tibbiyoti tadqiqot markazining yetakchi ilmiy xodimi Olga Molchanova xolesterinni dorisiz kamaytirish usullari haqida gapirib berdi.

Foto: Shutterstock

Jumladan, shifokor sariyog‘ o‘rniga zig‘ir yog‘ini, shuningdek, xolesterinni qon tarkibidan chiqarib tashlashga, unga muhtoj bo‘lgan boshqa a'zolarga yetkazadigan baliq yog‘ini iste'mol qilishni tavsiya etdi.

«Xolesterinning ortiqcha miqdoridan qutulishga suli kepagi va yormasi, olma, sitrus mevalari va sarimsoq yordam beradi», - dedi shifokor. 

Bundan tashqari, uning ta'kidlashicha, xolesterinni me'yorda iste'mol qilish kerak.

«Masalan, 1ta tuxum, 12 gramm sariyog‘ yeyish mumkin. Yoki 80 gramm mol jigari», - deb Molchanova so‘zlarini keltirmoqda «Komsomolskaya pravda».

Mavzuga oid
Top