17:28 / 04.08.2020
1851
Yevrokomissiya koronavirus sababli Yevroittifoq ichida chegaralarni yopmaslikni tavsiya qildi

Yevropaning ko‘plab davlatlarida kuzatilayotgan kasallanish darajasi o‘sishi hukumatlarni Yevroittifoqning ichki va tashqi chegaralarini yopish ehtimoli haqida bosh qotirishga majbur qilmoqda.

Foto: DPA

Yevroittifoqqa a'zo mamlakatlar koronavirus tarqalishi holatlari o‘sishiga qaramasdan ichki chegaralarni yopmasligi lozim.

 Yevrokomissiya vakili Litva prezidenti Gitanas Nausedaning chegaralarni yopish to‘g‘risidagi fikriga javoban ana shu nuqtai nazarni bildirdi.

"Bu borada Yevrokomissiyaning fikri o‘zgargani yo‘q. YeI ichki chegara nazoratidagi samarasiz cheklovlardan qochish kerak", - dedi u.

 Yevropaning ko‘plab davlatlarida kuzatilayotgan kasallanish darajasi o‘sishi hukumatlarni Yevroittifoqning ichki va tashqi chegaralarini yopish ehtimoli haqida bosh qotirishga majbur qilmoqda.

 Hokimiyat vakillari virus jiddiy avj olgan muayyan mintaqalarda mahalliy lokdaun joriy etayotgan Ispaniyada kasallanishning keskin ortishi kuzatilmoqda.

 Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yyens Shpanning aytishicha, u kasallanish statistikasi keskin yuqorilagan so‘nggi kunlarda qattiq xavotirga tushmoqda.

 Ruminiya hukumati ham Covid-19'ning yangi to‘lqini fonida qoidalarni qat'iylashtirmoqda: jamoat joylarida niqobda bo‘lish majburiy, bar va boshqa bir necha idoralar ish soatiga cheklov o‘rnatiladi.

Top