17:03 / 05.08.2020
6558
24 yoshli o‘g‘lim og‘ir ahvolda, uning buyragi almashtirilishi zarur – ona farzandi uchun kurashmoqda

Navbatdagi xayriya maqolamiz qahramoni qarshilik Baxtiyor Egamov bo‘lmoqda. Endigina 24 yoshni qarshilagan Baxtiyor juda murakkab kasallik bilan olishib yashayapti, uning buyragi zudlik bilan almashtirilishi kerak.

– O‘g‘limda bir necha yildan beri buyrak kasalligi bor. Shifokorlar unga “Surunkali glomerulonefrit, aralash turi. Asorati: Surunkali buyrak yetishmovchiligi, terminal bosqichi” tashxisi qo‘yishgan. Bu kasallikka duch kelganlar uning qanchalik og‘irligini yaxshi biladilar, – deydi Baxtiyorning onasi Nazira Saidqulova.

Baxtiyor ayni yigitlik davrini shifoxona devorlari ichra o‘tkazayapti. Uning jonini saqlab turgan muolaja bu uzluksiz gemodializlar. Oxirgi payt juda cho‘kib qoldi. Har safar olib borganimizda yuragimni hovuchlab o‘tiraman. Bolamni qutqarishning yagona chorasi bu buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi. Hozir xorijga chiqish imkoniyati yo‘q, yaxshiki bu operatsiya o‘zimizda ham qilinayapti.

Ammo operatsiya uchun bizda mablag‘ yo‘q, bor budimizni birinchi guruh nogironi bo‘lgan o‘g‘limning ko‘p yildan beri davolanishlariga sarflab yuborganmiz. Hech bir onaning boshiga bu kunlar tushmasin, farzanding ko‘z o‘ngingda so‘nib borishi og‘ir bo‘larkan...

Hozir operatsiya uchun zarur bo‘lgan 30 mln so‘mni topish uchun boshimiz qotib qolgan. Iltimos, bizga yordam bering, – yig‘laydi onaizor.

 Baxtiyor Egamovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 1204 1497 1385 (Hamkorbank, Baxtiyor Egamov nomida)

Telefon raqami: +998914674124 (onasi Nazira Saidqulova)

 Aziz yurtdoshlar! Murakkab davrlarda asl insoniylik bilinadi. Hozir ishingiz oldingiday bo‘lmayotgani, daromadingizdan ko‘nglingiz to‘lmay turgani sizni ezgulikdan sovutmasin. Dunyoda muhtojlarning borligi bizga berilgan sinov va undan saxiylik bilan o‘tish hamda savoblarni ko‘paytirib olish hammamizga nasib qilsin.

 Abror Zohidov.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top