17:14 / 05.08.2020
37486
AQSh «Rossiyani ogohlantiruvchi» qurolni sinovdan o‘tkazdi

AQSh harbiy-havo kuchlari Kaliforniyadagi Vandenberg bazasidan Tinch okeani tomon LGM-30G Minuteman III qit'alararo ballistik raketasini uchirdi. Ushbu sinov tasvirlangan videolavha YouTube kanalida joylashtirildi.

Uchta raketa 6,5 ming kilometr masofani bosib o‘tdi va Kvajaleyn (Marshall orollari) atolli hududidagi nishonlarni yo‘q qildi.

The Drive nashrining yozishicha, bu sinov «Rossiyani ogohlantirish»dek ko‘rinmoqda.

Nashrning qayd etishicha, birdaniga uchta raketadan foydalanish amerikalik harbiylarning raketalar ustida ayrim tajribalarni o‘tkazganini anglatadi. 

 Avvalroq AQSh armiyasi Common Hypersonic Glide Body (C-HGB) raketasining parvozi va nishonni yo‘q qilishi aks etgan videoni taqdim etgandi. Ma'lum qilinishicha, ushbu qurol sinovi 19 martda o‘tkazilgan.

Top