17:10 / 05.08.2020
2438
Bojxonachilar 788 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Sifati kafolatlanmagan tovar moddiy boyliklarni mamlakat sarhadlari orqali noqonuniy tarzda olib o‘tilishini oldini olish borasida bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Chinoz tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro U.U. Chinoz tumanidagi qo‘shni davlat chegaradosh bo‘lgan hudud orqali bir nechta qog‘oz qutilarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirib, ushbu mahsulotlarni sheriklari I.J. va I.K. bilan birgalikda mazkur tumandagi xonadonlardan biriga tushirib qoldirib, voqea joyidan yashiringanligi ma'lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, ushbu xonadonda qoldirilgan qog‘oz qutilar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ularning ichida 15 881 quti 3 turdagi tamaki mahsulotlari, 92 dona elektron sigaret apparatlari, 138 quti 6 nomdagi dori vositalari va 1746 dona 42 turdagi biologik aktiv qo‘shimchalar borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar sifatida olingan tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 788 318 000 so‘mni tashkil qildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Top