23:11 / 05.08.2020
5018

Kompaniya 75 ta konsentratorni bepul foydalanish uchun taqdim etmoqda

Foto: Instagram /artikul.aziya.kabel

Yaqinda nafas berish uskunalarini muhtojlarga xayriya asosda berayotgan tadbirkor bilan suhbat qilgandik. Yana bir yirik kompaniya ham shunday faoliyatni yo‘lga qo‘ydi. Uskunalar soni ham salmoqli – 75 ta.

“Artikul aziya kabel kompaniyasi xayriya loyihasini amalga oshirmoqda! “Hayot nafasi” deb nomlangan  bu aksiya doirasida muhtojlarga kislorod konsentratorlari bepul tarzda taqdim etiladi va borib o‘rnatib beriladi. Ayni paytda 75 ta shunday uskunamiz bor va ular sonini oshirishni rejalashtirimoqdamiz.

Barcha ma'lumotlarni +99899-800-00-09 raqami orqali bilish mumkin.

Istardikki, muhtojlar murakkab vaziyatda kerakli yordamni olsinlar” – deyiladi kompaniya taqdim qilgan ma'lumotda.

Top