09:44 / 05.08.2020
11980
Koronavirus pandemiyasi vaqtida grippga qarshi qachon emlanish ma'qulligi ma'lum qilindi 

Koronavirus pandemiyasi vaqtida grippga odatdagidan ertaroq emlanish ma'qul. Bunday tavsiyani Rossiyaning I.I.Mechnikov nomidagi vaksinalar va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyasi boshlig‘i Mixail Kostinov berdi.

Foto: Global Look Press

“Birinchi bo‘lib qaysi virus – koronavirusmi yoki gripp bosh ko‘tarishi noma'lum. Yoki aksincha, bo‘lishi ham mumkin. Ikkita virus organizmda uchrashganda buning hech qanday yaxshi tomoni yo‘q. Chunki har qanday tabiatdagi istalgan virus organizmning interferon holatiga, qo‘pol qilib aytganda, viruslardan himoyalanish qobiliyatiga ta'sir qiladi. Himoya yo‘q bo‘lganda esa istalgan narsa yopishishi mumkin. Shu sababli hozir grippga qarshi emlashni ertaroq qilish lozim. Baribir bunda hosil bo‘ladigan immunitet uzoq vaqtga yetadi. Kamida bir mavsumga. Ad'yuvant vaksinalar ta'siri esa 1,5-2 yil saqlanib qolishi mumkin”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.

U, shuningdek, koronavirusga qarshi vaksinalarning surunkali kasalliklarga ega odamlarga ehtimoliy ta'siriga baho berdi. 

“Vaksinalarning klinik sinovlari yakunlanmagan. Yakunlanganlari esa cheklangan miqdordagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom kishilarni qamrab olgan. Hozir klinik sinovlarning ikkinchi-uchinchi bosqichi o‘tkazilishi, vaksinani surunkali kasalliklarga ega odamlar qanday o‘tkazishi tekshirilishi lozim. Axir, vaksina birinchi navbatda ular uchun yaratilmoqda. Chunki virusdan boshqa yondosh kasalliklarga ega hamda 70-80 yoshdagi kattalar ko‘proq vafot etmoqda”, deb tushuntirib o‘tgan Kostinov.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top