12:45 / 05.08.2020
7649

Koronavirusga chalingan yoshlar soni 3 marta ko‘paydi - JSST

Yoshlar koronavirus tarqalishi oldini olish uchun himoya niqoblari taqish va ijtimoiy masofaga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalarga tobora kamroq amal qilmoqda. 

Foto: AFP

JSST mutaxassislari 24 fevraldan 12 iyulgacha qayd qilingan 6 mln.ta kasallanish holatini o‘rganib chiqishgan. Tadqiqot 15-24 yoshlilar orasida koronavirusga chalinganlar ulushi fevraldagi 4,5 foizdan iyulda 15 foizgacha ortganini ko‘rsatgan.

JSST bunga sabab sifatida yoshlar koronavirus tarqalishi oldini olish uchun himoya niqoblari taqish va ijtimoiy masofaga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalarga tobora kamroq amal qilayotganini keltirib o‘tgan. 

Shuningdek, yoshlar ko‘p vaqtini tungi klublarda, plyajlarda, sayohatlarda o‘tkazayotgani kasallanish xavfi ortishiga olib kelmoqda.  

“Biz buni avval ham aytganmiz va yana bir bor takrorlaymiz: yoshlarni yengib bo‘lmaydi”, deb aytgan JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus Jyenevedagi brifingda.

Top