19:30 / 05.08.2020
26130

Otabek Nazirov iqtisodiyotni saqlab qolish uchun oltin valuta zaxirasini sotishni taklif qildi

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Otabek Nazirov iqtisodiyotni keyingi pasayishlardan asrash qolish uchun oltin valuta zaxirasini sotish vaqti keldi, deb hisoblaydi.

«Oltin narxi eng baland darajada, iqtisodiy faollik esa tushgan, iqtisodiyotni keyingi pasayish va ishsizlik ortishidan zudlik bilan qutqarish uchun aynan hozir oltin valuta zaxirasini sotish va mablag‘lardan foydalanish kerak deb o‘ylayman», deb yozadi oltin narxining o‘sishini izohlagan holda Nazirov.

Oltin narxi yil boshidan beri o‘sishda davom etmoqda. U o‘zining tarixiy rekordini o‘rnatgan holda oktabr oyi fyucherslari bo‘yicha ilk marta 1 unsiya uchun 2000 dollar ko‘rsatkichidan oshdi.

Qimmatbaho metalning narxi so‘nggi uch yilda dollarning eng kuchli oylik pasayishi fonida rekord darajadagi o‘sishni namoyish etdi. Tahlilchilar qimmatbaho metall o‘sishda davom etishini taxmin qilishmoqda.

2020 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 32,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Zaxiraning katta qismi – 19,4 mlrd dollar monetar oltin va 12,4 mlrd dollar xorijiy valutada saqlanadi. Joriy yil boshida mazkur ko‘rsatkich 29,2 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Top