07:40 / 05.08.2020
5472
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari - boshqarma boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Ayubjon Rahimovich Rustamov tayinlandi. Bu haqda Kun.uz'ga Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qildi.

Podpolkovnik Ayubjon Rustamov 2019 yilning oktabr oyidan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugdagi harbiy qism komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan edi.

Ayubjon Rustamov 2001 yilda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (hozirgi Qurolli Kuchlar akademiyasi)ni tamomlab, 2005 yilda Chirchiq oliy-tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti malaka oshirish kurslarida tahsil olgan. 2007-2009 yillarda Qurolli Kuchlar akademiyasining motoo‘qchi qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi texnik ta'minot taktik-shtab operativ qo‘mondonligi yo‘nalishida ta'lim olgan.

Top