16:02 / 05.08.2020
3220

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ezgu ishlarni davom ettirmoqda

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi mamlakatdagi sinovli kunlarda aholining muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ibratli ishlar olib bormoqda. Shulardan biri sifatida Yunusobod tumanidagi kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga qilingan xayriya yordamini ko‘rsatish mumkin. 

4 avgust kuni “Sog‘lom avlod uchun” fondi Tibbiy-ijtimoiy markaz mutaxassislari “Mahalla” jamoat fondi bilan hamkorlikda Yunusobod tumanining Bodomzor va Bog‘ibo‘ston mahallalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta'minlangan ko‘p bolali oilalar va nogironligi bor shaxslarga 8 turdagi dori-darmonlardan iborat xayriya yordamlari ko‘rsatildi. 

Jami xayriya yordami ko‘rsatilgan aholi soni 118 nafar bo‘lib, shulardan 83 nafarini ayollar (oralarida keksa va tug‘ish yoshidagi ayollar ham bor), 9 nafarini bolalar, 26 nafarini erkaklar tashkil etdi. Bunlardan tashqari yana 13 nafar nogironligi bor kishilarga ham xayriya yordami ko‘rsatildi. 

Fond bu yo‘nalishdagi ishlarni kelgusida ham davom ettirishni rejalashtirgan.

Mavzuga oid
Top