13:09 / 06.08.2020
14823
«I.Karimov izdoshlari» innovatsion xususiy maktabida yangi o‘quv yiliga qabul jarayoni boshlandi

Farg‘ona va Andijon o‘z filialiga ega bo‘lgan «I.A.Karimov izdoshlari» innovatsion xususiy maktabi 2020-2021 o‘quv yiliga qabul jarayoni boshlangani haqida e'lon qiladi.

Qanday maktab deysizmi?

Mazkur maktabga 2017 yil asos solingan bo‘lib, u sifatli ta'lim va zamonaviy yondoshuvlar uyg‘unligida faoliyat olib boradi. Barcha sinf o‘quvchilari (1-sinfdan 11-sinfgacha)ga innovatsion pedagogik darslar taqdim etiladi. Shuningdek, o‘quv dargohida o‘g‘il va qizlarning tarbiyaviy axloqiga alohida urg‘u beriladi.

Darslar faqat rus tilida olib boriladi va ko‘proq amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Shuningdek, o‘quvchilar sog‘ligi doimo logoped, shifokorlar va hamshiralar nazorati ostida bo‘ladi.

O‘quv darslarini olib borish uchun malakali mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, chet tili fanlari yuqori malakaga ega bo‘lgan chet ellik o‘qituvchilar tomonidan o‘tiladi.

Nima uchun ota-onalar bizni tanlashmoqda?

Maktabda barcha fanlardan tashqari:

  • Nemis tili
  • Mental arifmetika
  • Koreys tili
  • Logoped ko‘rigi
  • Robototexnika
  • Ingliz tili
  • Xoreografiya
  • Sport to‘garaklari ham mavjud.

Maktabimizning yana qulaylik tomonlaridan biri – o‘quv jarayonlarini bevosita internet orqali kuzatish imkoniyati borligidadir. Maktabda elektron jurnallar yuritiladi. Ota-onalar dunyoning istalgan burchagidan turib Telegram-bot orqali o‘z farzandining har kunlik olgan bahosini nazorat qilishi mumkin.

O‘quvchilarining qobiliyati va shijoatiga qarab, jahon olimpiadalarida qatnashish imkoni taqdim etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu ta'lim muassasada har bir o‘quvchini kasbga yo‘naltirish, ularni har tomonlama savodxon qilib tarbiyalash – eng asosiy vazifadir.

Yozgi ta'tilda unumli hordiq

Bu yerda bolajonlarimiz yozgi ta'tilni maroqli o‘tkazishlari uchun «Green House» nomli yozgi innovatsion sog‘lomlashtirish oromgohi xam tashkil etilgan.

Instagram: @husmaktab

Andijon filiali Telegram-kanal: @brilliant_edc

Farg‘ona filiali Telegram-kanal: @brilliant_edcfer

Murojaat uchun manzil va telefonlar:

Reklama huquqi asosida

Top