23:57 / 06.08.2020
42663

Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 700dan ortiq yangi holat qayd etilib, 800dan ortiq bemor tuzaldi

O‘zbekistonda 6 avgust kuni 742ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 28 ming 535taga yetdi. Bugun shuningdek, 804 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 6 avgust kuni mamlakatimizda 742 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 704 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 38 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

6 avgust kuni respublikaning 7 hududida yangi holatlar qayd etilgan.

Yangi holatlar (+742)

  • Chegarada: Toshkent viloyatida chegara post orqali xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida 38 holat;

Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar va tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida test topshirganlar orasida:

  • Toshkent shahrida 401 holat;
  • Toshkent viloyatida 129 holat;
  • Samarqand viloyatida 76 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 33 holat;
  • Andijon viloyatida 11 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 43 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 11 holat

Tuzalganlar (+804)
Bugun O‘zbekistonning  hududida 800dan oshiq bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 19 ming 587 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 468 nafar;
  • Toshkent viloyatida 194 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 53 nafar;
  • Buxoro viloyatida 27 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 27 nafar;
  • Andijon viloyatida 14 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 14 nafar;
  • Navoiy viloyatida 7 nafar.

O‘lim holatlari (+6)
Bugun Toshkent shahrida 4 nafar, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra koronavirus qurbonlari soni 177tani tashkil etmoqda.

  • Birinchi o‘lim: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 48 yoshli K.N. (erkak) vafot etdi;
  • Ikkinchi o‘lim: Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli M.M. (ayol) vafot etdi;
  • Uchinchi o‘lim: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 37 yoshli N.O. (ayol) vafot etdi;
  • To‘rtinchi o‘lim:  Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 51 yoshli A.B. (erkak) vafot etdi;
  • Beshinchi o‘lim: Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 24 yoshli D.A. (ayol) vafot etdi;
  • Oltinchi o‘lim: Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 81 yoshli K.K. (ayol) vafot etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 771 nafar bemordan 728 nafari og‘ir, 217 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top