23:55 / 06.08.2020
12532

Lukashenko Ukraina Belarusga “yana bir guruh jangarilar” kirib kelgani to‘g‘risida ma'lumot berganini aytdi

Foto: BelTA

Lukashenkoning aytishicha, hozirda mamlakatga kirib kelgani taxmin qilingan jangarilar guruhi butun Belarus bo‘ylab qidirilmoqda.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina Minskka mamlakat hududiga janubdan yana bir guruh “jangarilar” kirib kelgani haqida ma'lumot berganini aytdi.

"Ukraina maxsus xizmatlari bizni janubiy chegaradan yana bir guruh kirib kelgani haqida ogohlantirdi. Hozirda butun Belarus bo‘ylab ularni qidirmoqdamiz", - dedi Lukashenko ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida.

"To‘g‘risi, men rostdan ham 30 kishi chegarani kesib o‘tganiga unchalik ishonmayman. Ularni sezgan bo‘lardik. Albata, agar ular Rossiya yoki Ukrainaga qaytib ketishmagan bo‘lsa", - dedi u.

U shuningdek, hech qayerga qochib ketish niyatida emasligini aytdi.

"Men hech qayerga qochmayman, farzandlarim ham. Cho‘ntagi qappayganlar qochadi. Moskvani ham gapirmayman – puling bo‘lmasa u yerda nima ham qilish mumkin", - dedi Lukashenko.

Mavzuga oid
Top