20:53 / 06.08.2020
31717
Rossiyalik talabalar koronavirusdan davolashning yangi usulini topishdi 

Rossiyaning “MIFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Biotibbiyot muhandisligi milliy tadqiqot yadro instituti magistraturasi talabalari koronavirusdan davolashning yangi usulini ixtiro qilishdi. Ular tomonidan og‘ir kasalliklar, jumladan COVID-19’ni xavfsiz davolash uchun yorug‘lik-diodli qurilma ishlab chiqildi.

Foto: Getty Images

Talabalar taklif qilayotgan uslub inson tanasi sirtini spektrning qizil diapazonida yorug‘lik oqimi bilan nurlantirishga asoslangan.

Professor Viktor Loshchenovning tushuntirishicha, bu usul fotosensibilizatorlar qo‘llagan holda davolashning eng yangi usullaridan biri hisoblanadi.

“Fotosensibilizatorlar bemor organizmiga kiritiladi. Ular organizmda virus bilan ushlab olinadi va nurlanish ta'sirida virusni o‘ldiradi. Bunda fotosensibilizatorlar “tsitokin shtormi” [immunitetning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan haddan ziyod kuchli javobi] uchun javobgar hujayralarni faolsizlantiradi va shu tariqa o‘lim bilan xavf soluvchi immun javobdan qochishga imkon beradi”, deb aytgan olim.

Loshchenovning ta'kidlashicha, hozirda dunyoda bemorlarni xavfsiz nurlantiruvchi bunday qurilmalar hali mavjud emas.

Ushbu usul bilan koronavirusga chalingan 40dan ko‘proq bemor davolangan. Ularning barchasida qondagi kislorod saturatsiyasi oshgani, o‘pkada og‘riqlar yo‘qolgani va hid sezish qobiliyati qaytgani qayd qilingan.

Umuman olganda, tajriba ishtirokchilari boshqa kasallanganlarga nisbatan tezroq sog‘aygan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top