16:51 / 07.08.2020
11133
Fauchi AQShda koronavirus vaksinasi qachon tayyor bo‘lishini aytdi

Uning aytishicha, kelasi yil oxirigacha milliardlab vaksina ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi va 2021 yakuniga qadar AQSh kamida bitta xavfsiz va ishonchli vaksinaga ega bo‘ladi.

Foto: Reuters

AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi katta ehtimol bilan 2021 yilning boshlanishida koronavirusga qarshi o‘n millionlab vaksina ishlab chiqarilishini aytdi.

«2021 yil oxiriga qadar milliardlab vaksina tayyorlash mumkin. Hatto bu vaqtgacha 700 mingdan ortiqroq odam vaksina bilan tuzalib ketishiga ham umid qilyapman», deydi u Reuters'ga bergan intervyusida.

«Bu taxmin amalga oshishiga juda yaqinmiz. Chunki dori ishlab chiqaruvchilar katta miqdorda vaksina yaratishga rozilik bildirishgan. Albatta, vaqtdan yutish uchun ulardan katta qurbonlik talab qilinishini ham biladilar. Bizda vaksinani qo‘llash va ko‘paytirish jarayonini bosib o‘tish uchun yetarlicha imkoniyat mavjud. Ishonamanki, biz 2021 yilda virusni jilovlay olamiz. Yilning so‘ngiga qadar kamida bitta xavfsiz va ishonchli vaksinamiz bo‘ladi», deydi u.

Vaksinani amalda qo‘llash vaqtiga 3 noyabrda o‘tadigan prezidentlik saylovining ta'siri yo‘q. Salomatlik nazoratchilari vaksinani xavfsiz yetkazib berishda hech qanday siyosiy aralashuv bo‘lmasligini va'da qilishgan. AQSh vaksina yaratish uchun Johnson & Johnson , Moderna Inc, Pfizer Inc, Novavax Inc va Sanofi SA kabi kompaniyalarga katta sarmoya va texnologiyalar jalb qilgan. Fauchi koronavirusga qarshi vaksina yaratishda kompaniyalarning birini boshqasidan ustun deb bilmaslik kerakligini aytgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top