17:24 / 07.08.2020
8126
G‘arbiy Yevropa misli ko‘rilmagan jaziramaga tayyorlanmoqda

Angliyada 7 avgust 2020 yilning eng issiq kuni bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Reuters

Yevropaning g‘arbiy qismidagi qator mamlakatlar yaqin kunlarda o‘ta jazirama ob-havoga duch keladi, deb yozmoqda Yevropa OAV.

 Fransiyaning 40dan ortiq departamentida yuqori xavf darajasi e'lon qilindi. Mamlakat g‘arbida havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. 

Angliyada 7 avgust 2020 yilning eng issiq kuni bo‘lishi kutilmoqda. Meteorologlar 2019 yil iyulda qayd etilgan 38,7 daraja harorat rekordi yangilanishi mumkinligini aytishmoqda.

Niderlandiyada dam olish kunlari havo harorati 32 darajagacha yetishi kutilmoqda.

Top