11:24 / 08.08.2020
9497

Andijonda voyaga yetmagan shaxs Spark’ni olib qochib, yuk mashinasiga borib urildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 3 avgust kuniga o‘tar kechasi soat 03:30larda, voyaga yetmagan 17 yoshli I.O‘. Andijon shahri, Furqat ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasida og‘zaki kelishuv asosida yollanma ishchi sifatida ishlab kelgani holda, mazkur shoxobcha rahbari bo‘lgan fuqaro S.B.ga tegishli oq rangli Spark rusumli avtomashinani qulflanmagan va kalitini o‘t oldirgichda qoldirganligidan foydalanib, mazkur avtomashinani olib qochgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti  xabariga ko‘ra, I.O‘. shu kuni soat 13:30larda, Andijon tumani, Kelajak avlod ko‘chasida boshqarib ketayotib, yuk mashinasining orqasiga borib urilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan 17 yoshli I.O‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida voyaga yetmagan I.O‘. protsessual tartibda ushlangan va gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Top