11:37 / 08.08.2020
8980
AQSh maxsus xizmatlari: Rossiya saylovda Baydenga to‘sqinlik qilmoqchi, Xitoy esa Trampga

AQSh kontrrazvedkasi fikriga ko‘ra, rasmiy Moskva demokratlar nomzodini «aksilrossiyachi» deb hisoblamoqda, Pekin esa respublikachilar nomzodini «tuturiqsiz» ekaniga ishonchi komil.

Jozef Bayden va Donald Tramp / Foto: Getty Images

AQSh kontrrazvedkasi va xavfsizligi milliy markazi direktori Uilyam Evanina so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy AQSh prezidenti saylovi natijalariga «ta'sir qilishga urinmoqda», bunda Moskva demokratlar nomzodi Jozef Baydenga qarshi bo‘lsa, Pekin Oq uyning hozirgi rahbari Donald Trampning qayta saylanishiga to‘sqinlik qilmoqchi. 

Uning ta'kidlashicha, Rossiya go‘yo «birinchi navbatda sobiq vitse-prezident Jozef Baydenni qoralash bo‘yicha choralarni ko‘rmoqda», chunki Moskva uni «aksilrossiya isteblishmenti» vakili deb hisoblayapti. 

Pekin esa Trampning «tuturiqsiz» ekanidan bezib ketgan, shu tufayli saylovdan oldin «Qo‘shma Shtatlarda siyosiy muhitni shakllantirish maqsadida o‘z ta'sirini kengaytirib», respublikachining qayta saylanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, amerikalik siyosatchilarga bosim qilmoqchi.

O‘z navbatida Rossiya va Xitoy 2020 yil 3 noyabr kuni o‘tkaziladigan saylovda AQSh prezidenti bo‘ladigan har qanday nomzod bilan o‘zaro hamkorlikka tayyor ekani haqida bir necha marotaba bayonot berishgan edi.

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Top