10:30 / 08.08.2020
16355

Bekobod tumanida 69,9 mln so‘m mablag‘ning noqonuniy sarflanishi oldi olindi. Mahalla raisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan mahalla raisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bekobod tumanidagi “A” MFY raisi X.G‘. tomonidan hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritilib, haqiqatda mazkur mahallada yashamaydigan va nafaqaga muhtoji bo‘lmagan 26 nafar fuqarolarga jami 101,5 mln. so‘m nafaqa pullari tayinlanib, shundan 31,6 mln so‘mi fuqarolarga asossiz to‘lab berilganligi aniqlangan.

Shuningdek, o‘z vaqtida olib borilgan o‘rganishlar natijasida 69,9 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishining oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan mahalla raisi X.G‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top