14:57 / 08.08.2020
8038
Bektemir tumani hokimi Milliy Gvardiya va faol yoshlar hamrohligida aholi bilan uchrashdi

Poytaxtning Bektemir tumani nisbatan kichik va aholisi oz bo‘lishiga qaramay bu tuman rahbariyati ezgu tashabbuslar bilan ko‘p marta tilga tushgan.

Milliy gvardiya, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Bektemir tumani Kengashi va Bektemir tumani hokimi Shohrux Mamajonov aholi bilan ko‘rishib, pandemiya sharoitida mavjud muammolarni yechish borasidagi ishlar bilan tanishdi

Shohrux Baxtiyorovich tumandagi kam ta'minlangan, yolg‘iz, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ham ahvolini o‘rganib, ularni qiynayotgan muammolarni joyida bartaraf etdi. Tuman rahbari hokimlikning har bir fuqaro bilan yelkama-yelka birga bo‘lishini, har qanday holatda ham muhtojlarni qo‘llab-quvvatlashini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, targ‘ibot ishlarida ko‘ngillilar ham ishtirok etib, har bir fuqaro o‘zining va yaqinlarining salomatligini o‘ylab, karantin talablariga qat'iy rioya qilishi borasida tushuntirish ishlarini olib bordilar.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top