21:39 / 08.08.2020
33537

Bojxona xodimlari va DXX chegara qo‘shinlari traktordagi somon ostiga yashirilgan 2,7 milliard so‘mlik dori-darmonlarni fosh etishdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda “Yangiqo‘rg‘on” tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida yirik qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.

Qo‘shni davlat bilan chegaradosh bo‘lgan mazkur tuman hududida tun qorong‘usida harakatlanib ketayotgan traktor sergak xodimlarning e'tiborini tortdi. Bir qarashda “TTZ-28” rusumli traktor tirkamasiga somon o‘ramlari ortilgan edi go‘yo. Ammo, ushbu somon o‘ramlari osti sinchiklab tekshirilganda hammasi oshkor bo‘ldi. 

 

Qarangki, fuqaro M.K. boshqaruvidagi mazkur traktor tirkamasiga ortilgan somon o‘ramlari ostiga umumiy qiymati 2,7 milliard so‘mni tashkil etuvchi, 4 turdagi, 9229 dona sifati kafolatlanmagan dori-darmon vositalari hamda 1010 metr matolar uddaburonlik bilan yashirilgan ekan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top