08:48 / 08.08.2020
18003
Koma holatidagi ot 2 yil deganda hayotga qaytdi. Natija hayratlanarli

Britaniya Otlar jamiyatining ko‘ngillilari 2018 yil Angliyaning Sharqiy Dyurham qismida qariyb o‘lib borayotgan poni otini topib olishgandi. Ikki yillik uzoq muolajadan so‘ng ot sog‘lom hayotga qaytdi. «Here 4 horses» hayvonlarni himoya qilish jamiyatining Feysbukdagi rasmiy sahifasida bu haqda ma'lumot berildi.

Jamiyat a'zolari 2018 yil aprel oyida nafas olayotgani bilinmayotgan Hayde laqabli otga duch kelishdi. Jonivor deyarli o‘lik holatda edi. Uning nafas olayotganini aniqlagan ko‘ngillilar darhol unga birinchi yordam ko‘rsatishadi. «Here 4 horses» tashkiloti vakili shunday deydi: «Ko‘rishimiz bilan otga yordam berishga shoshildik va uni yerdan ko‘tarish uchun 5 kishi kerak bo‘ldi».

Otning hayratlanarli sog‘ayish yo‘lini bosib o‘tganligi to‘g‘risida bir qancha hujjatli videolar tayyorlandi. Bu videolar kichkina kurashuvchi otning haqiqatdan borligini ko‘rsatadi. Britaniya Otlar jamiyati ko‘ngillilari voqea joyiga kelishganda otni o‘lik deb o‘ylashgandi, ammo u hayratlanarli tarzda oyoqqa tura boshladi.

Haydening sog‘ayish yo‘lini batafsil bilish va uning bugungi holati haqida ma'lumot yig‘ish maqsadida Boredpanda.com sayti Shimoliy-sharqiy Angliyada asos solingan harakat a'zolaridan ma'lumot yig‘ishdi. Xayriya tashkilotchisi, otlar bo‘yicha mutaxassis Vendi Saddesning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar otning holatidan xabar topishganda uning jasadini olib ketish uchun kelgan qassobni ko‘rishadi.

«Otning o‘lik yoki tirikligi ahamiyatsiz. Eng yomoni – atrofdagilarning otga munosabati», deydi jahl bilan Vendi. Shunday bo‘lishiga qaramay, qutqaruv guruhi kichik poniga yordam berishga kirishadi.

Haydening qoni kamligi sabab unga tomchilab qon yuborildi.

Sog‘lom otlar bir necha litr qon berib, Haydega donorlik qilishdi.

9Pog2jL12f7y8kSHPXkC8Vs7gRn0iUva.jpg (700×511)

Muolaja davomida poni maxsus yostiqchali qismlar kiyishi kerak edi. Jamiyat a'zolari unga og‘riqlardan aziyat chekmasligi va uni turli bosimlardan himoyalash maqsadida oyoqlariga maxsus himoya vositalari kiydirishdi. Albatta, otning sog‘ayish jarayoni oson bo‘lmadi. Vendining aytishicha, juda ko‘p og‘riqlar, yaralar, hasharotlar, viruslar jonivorning tez sog‘ayishi va yaylovlarda erkin sayr qilishini kechiktirgan. Eng asosiysi, Haydening sog‘ayishga harakati va irodasi bo‘ldi.

Poni shoshilinch yordamni olgach, uning uzoq sog‘ayish yo‘li boshlandi.

Vendining ta'kidlashicha, Hayde shafqatsizlik va insonlarning e'tiborsizligi sabab azoblangan: «Bizning jamoamiz bu kabi xayriyalarni yilida bir yoki ikki marotaba amalga oshiradi xolos. Ammo bunday jonivorlar juda ko‘p. Bunday holatlar otlarni e'tiborsiz qoldirish va shunchaki shafqatsizlik oqibatida paydo bo‘ladi.

Yaralar tuzala boshladi.

Anchadan keyin Hayde yanada yorqinroq ko‘rinishni boshladi.

Ko‘ngillilar yordami bilan u hayotga qaytdi, hozir Hayde hayotining eng baxtiyor daqiqalarini kechirmoqda.

Ammo rivojlanish sekin kechdi.

Haydening orqa sochlari o‘sishi bilan u yana ham chiroyli bo‘la boshladi.

Biroz vaqtdan so‘ng u ancha to‘lishdi.

Haydening porloq yollari uni yanada chiroyli qilgan.

Top