20:32 / 08.08.2020
8001
Minskda Tixanovskayaning saylov shtabi boshlig‘i mikroavtobusga chiqarib olib ketildi

6 avgust kuni ham Mariya Moroz IIV xodimlari tomonidan olib ketilgani, bir ozdan so‘ng qo‘yib yuborilgani xabar qilingandi.

Minskda Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskayaning saylov shtabi boshlig‘i Mariya Moroz ushlandi, deb xabar berdi nomzodning ishonchli vakili Olga Kovalkova.

Uning so‘zlarini Tixanovskaya ham tasdiqlagan.

Svetlana Tixanovskayaning "Strana dlya jizni" Telegram-kanalida Mariya Morozning olib ketilishi tasvirlangan videolavha joylandi.

Kovalkovaning so‘zlariga ko‘ra, Morozning olib ketilishi sababi noma'lum.

6 avgust kuni ham Mariya Moroz IIV xodimlari tomonidan olib ketilgani, bir ozdan so‘ng qo‘yib yuborilgani xabar qilingandi.

Belarusda prezidentlik saylovlari 9 avgustda bo‘lib o‘tadi. Markaziy saylov komissiyasi besh kishi - Andrey Dmitriyev, Anna Kanopatskaya, Aleksandr Lukashenko, Svetlana Tixanovskaya, Sergey Cherechenlar nomzodini ro‘yxatga olgan.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Top