07:52 / 08.08.2020
11349
Odiljon Iminov Senat qo‘mitasi raisi bo‘ldi

Odiljon Iminov Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisligiga saylandi.

Foto: Senat

Oliy Majlis Senatining videokonferensaloqa tarzida oltinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Majlisning rasmiy qismiga o‘tishdan oldin Senat qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartish kiritilgani haqida ma'lumot berildi.  

Jumladan, yaqinda Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Robaxon Mahmudova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylangan edi.

Mazkur qo‘mita raisligiga shu paytga qadar Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan senator Odiljon Iminov saylandi.

Odiljon Karimovich professor. Uning Senatdagi, xususan, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari, agrar suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitalaridagi faoliyati samarali bo‘lgan.

O.Iminovning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi sifatidagi faoliyati ham sermahsul bo‘lishiga ishonch bildirildi, deyiladi Senat axborot xizmati xabarida.  

Top