16:00 / 08.08.2020
10409
Onasi bir buyragini bergan Gulbahorga yordam zarur

Yaqinda saytimiz orqali Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi bemor Gulbahor Polvonovaning har ikki buyraklari ishdan chiqqanligi sababli buyrak ko‘chirish operatsiyasini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida xayriya aksiyasi e'lon qilgan edik.

Shundan so‘ng saxovatli insonlar yordami bilan kerakli mablag‘ yig‘ilib, 29 yoshni qarshilagan Gulbahor Polvonovaga onasi Sanobar Salomovaning bir buyragi ko‘chirib o‘tkazildi.

K5b9dMkZ_sd1eJ-RSxSLd2fOG8WwE3QB.jpg (800×499)

Yolg‘iz ona tahririyatimizga yana murojaat qilib, operatsiyadan so‘ng qizi bir oz o‘zini yomon his qilayotganligini, 6 oy davomida turli qimmatbaho dorilar bilan davolanishi kerakligini ma'lum qildi.

«Operatsiyadan so‘ng qizim o‘zini tiklashi uchun yana davolanishi kerak bo‘lyapti. Dori-darmonlar qimmatlik qilayotganligi sabab ularni olib bera olmayapman. Ayni paytda o‘g‘lim Rossiyada ishsiz. O‘zim yolg‘iz qizimni davolanishiga mablag‘ topa olmayapman. Yana sizlardan yordam so‘rashga majbur bo‘lyapman. Iltimos yordam beringlar», deydi biz bilan suhbatda Sanobar opa.

Shundan so‘ng biz Gulbahorning shifokori bilan ham bog‘landik. Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Faqat endi 6 oy davomida turli dorilar ichib, davolanishi kerak. Bunga esa 20 millioncha mablag‘ zarur bo‘ladi.

Aziz yurtdoshlar! Yana bir bor ushbu xayriya aksiyamizda faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz. Qo‘lingizdan kelgunicha, imkoniyatingiz yetkunicha Gulbahorga yordam qo‘lini cho‘zaylik. Zero, ehsonning mukofoti faqat ehsondur. 

Yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun Gulbahor Polvonovaga tegishli ma'lumotlar (Onasi Sanobar Salomova nomida):

UZCARD: 8600 0423 7563 3996

HUMO: 9860 0303 0375 5109

Rahmatillo Isroilov tayyorladi.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top