15:27 / 08.08.2020
8385
«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi Buxoroda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar holatini o‘rgandi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «Uchqir gazni oltingugurtdan tozalash» kompleksidagi qurilmalarning qurilish ishlari holatini o‘rgandi.

«Uchqir gazni oltingugurtdan tozalash» kompleksida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va iste'molchilarni suyultirilgan gaz bilan ta'minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

«Ishchi guruh» a'zolari tomonidan «Uchqir siquv kompressor stansiyasi» va «Uchqir gazdan propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasi»da bajarilayotgan keng ko‘lamli ishlarning qurilish va montaj ishlari jarayonidagi muammoli masalalar aniqlandi va ularni yechimi yuzasidan mutaxassislar bilan muhokamalar o‘tkazildi hamda tegishli vazifalar belgilab olindi.

Boshqaruv raisi tomonidan pandemiya davrida ish maydonida nazoratni kuchaytirish, ish joylarini tez-tez dezinfeksiya qilish, ogohlikni oshirish, ishchi xodimlar orasida infeksiya tarqalishini oldini olish choralarini ko‘rish va «Uchqir gazni oltingugurtdan tozalash» kompleksida tez tibbiy yordam punktini tashkil qilish yuzasidan korxona rahbari va pudratchi hamkorlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Qurilishi rejalashtirilgan qurilmalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish uchun muammoli masalalar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi va o‘z vaqtida ishlarni yakunlash vazifasi yuklatildi.

Joriy yilning 1 sentyabriga qadar Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasini «Uchqir gazni oltingugurtdan tozalash» kompleksi binosiga ko‘chish bo‘yicha zarur topshiriq berildi.

Boshqaruv raisi «Kulbeshkak» GDTQda olib borilayotgan qurilish montaj ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. U yerda «Doyaxatin» guruhi konlaridan kelayotgan tabiiy gaz, o‘rnatilgan sepatorlarda dastlabki tayyorlanib, keyin yangi qurilayotgan «Uchqir siquv kompressor stansiyasi»ga berish kerakligi bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Hozirgi kunda qurilish montaj ishlarining 60 foizi bajarilgan bo‘lib, ushbu qurilmani tez va sifatli qurib ishga topshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tabiiy gaz hajmi tushib ketmasligini oldini olish maqsadida, tabiiy gaz qazib chiqarish quduqlarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlarini jadallashtirish, qazib chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan burg‘ilash va texnologik jarayonlardagi chora-tadbirlarni belgilangan muddatlaridan avval ishga tushirish kerakligi ta'kidlandi.

Qazib chiqarish hajmlarini oshirish yuzasidan qo‘shimcha tadbirlarni ishlab chiqish va qazib chiqarishni oshirish maqsadida qo‘shimcha yangi 3ta ishlatish qudug‘ini burg‘ilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

«O‘zneftgazquduqta'mirlash» MChJni moddiy texnik bazasini bosqichma-bosqich yangilash dasturini amalga oshirishni tezlashtirish va hozirda kapital ta'mirlash ishlari olib borilayotgan quduqlarni sifatli ta'mirlash va samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘rganish davomida joylardagi quduqlarni burg‘ilash va ta'mirlash ishlarini tezlashtirish, ularni muddatidan avval tugatib ishga tushirish uchun moddiy tovar boyliklarini yetkazib kelishni jadallashtirish yuzasidan qat'iy nazoratga olingani, bu yo‘nalishda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning manfaatdor bo‘lishi uchun barcha sharoitlar yaratishga alohida e'tibor berildi.

Gazli hududida geologiya-qidiruv ishlari dasturi doirasida qurilishi davom etayotgan izlov-qidiruv quduqlarning bugungi holati, muammolari o‘rganildi va qurilish bilan tugatish bo‘yicha barcha ishlarni jadallashtirish choralarini ko‘rilishi ta'kidlandi.

Qo‘shimcha qurilishi rejalashtirilgan 3ta izlov-qidiruv qudug‘ida («Andakli-4», «Andakli-5» hamda «Janubiy Kulbeshkak-4») uskunalarning montaj ishlari yakunlanib, burg‘ilash ishlarining boshlanishi bo‘yicha mutaxassislarga topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, «O‘zbekneftgaz» AJ o‘z mablag‘lari hisobidan qurishi belgilangan 30ta eksplutatsion quduqlar kesimida, Gazli hududida qurilishi davom etayotgan «Doyaxotin-83» qudug‘ini qurilish bilan tugatish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish va ishga qo‘shish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

2020 yilda uglevodorod xom-ashyosini qazib chiqarish hajmini ko‘paytirish yuzasidan Gazli hududidan «O‘zbekneftgaz» AJ o‘z mablag‘lari hisobidan yana 3ta eksplutatsion quduq o‘rnini belgilash va bir oy ichida quduqlarni burg‘ilash bilan boshlash choralari ko‘rib chiqish kerakligi ta'kidlandi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Top