13:13 / 08.08.2020
9990

Toshkentda bir dona telefon ikki kishining jinoiy javobgarligiga sabab bo‘ldi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2020 yilning 5 avgust kuni soat 12:00da 28 yoshli P.S. mast holatda tanishi, 32 yoshli A.G. bilan jinoiy til biriktirib, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Toshkent shahri Chilonzor tumani 2-mavzesi «Alleya Gagarina» ko‘chasida bo‘la turib fuqaro, 46 yoshli V.B.ning narxi 1.500.000 so‘mlik Samsung-Galaxy A10s uyali aloqa vositasini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu kunning o‘zida P.S. va A.G. ushlanib, Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB olib keltirilgan va ulardan talon-toroj qilingan uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, P.S. va A.G. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Top