08:40 / 08.08.2020
8248

Uyida qimorxona tashkil qilgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi

Bo‘ka tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan, xonadonida qimorxona tashkil qilgan shaxs «mijoz»lari va ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

2020 yilning 22 iyul kuni profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Toshkent viloyati Bo‘ka tumani «O‘zbek» MFYda yashovchi 61 yoshli B.E.ning xonadoni ko‘zdan kechirilgan.

IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u qonunga xilof ravishda, qolaversa, joriy qilingan cheklovlar va karantin qoidalariga amal qilmay 6 nafar shaxslar pul tikilib qimor o‘yini tashkil qilganligi aniqlangan. Ushlanganlar 50-60 yosh oralig‘idagi fuqarolardir.

Surishtiruv davomida xonadon egasi fuqaro B.E. qimor o‘ynashga sharoit yaratib berganligi evaziga xar bir o‘yindan ma'lum miqdorda pul mablag‘i olib kelganligini aniqlangan.

Ushbu shaxslardan qimor o‘ynash uchun moslashtirilgan oshiqlar va boshqa anjomlar, shuningdek, 850 AQSh dollari hamda 2 million 258 ming so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Top