11:20 / 08.08.2020
28696
Xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish bo‘yicha charter reyslarning parvoz yo‘nalishiga qisman o‘zgartirish kiritildi

Uchta aviaqatnov Toshkent shahriga amalga oshiriladi.

Foto : KUN.UZ

Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun 2 avgustdan 16 avgust kunlari davomida amalga oshirilishi belgilangan charter reyslarining parvoz yo‘nalishiga qisman o‘zgartirish kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra:

  • 7 avgust kuni Toshkent – Rostov-Don – Namangan;
  • 8 avgust Toshkent – Sankt-Peterburg – Namangan; 
  • 9 avgustga belgilangan Toshkent – Moskva – Namangan aviaqatnovlari Toshkent shahriga amalga oshiriladi. 

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Rossiya Federatsiyasining Orenburg va Samara viloyatlaridagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun 2 ta poyezd qatnovi tashkil etildi.

Mazkur poyezdlarning birinchisi 9 avgust kuni Namangan shahriga, ikkinchisi esa 9 avgust kuni Samarqand shahriga kirib boradi. Poyezdlarda olib kelingan barcha fuqarolar o‘rnatilgan tartibda karantinga joylashtiriladi. 

Rossiya Federatsiyasining Rostov-Don viloyatidagi fuqarolarni olib kelish maqsadida uchinchi poyezd qatnovi ham tashkil etildi. Ushbu poyezd 13 avgust kuni Toshkent shahriga kirib keladi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top