02:30 / 08.08.2020
11871
YeChL. «Real» va Ronaldu musobaqani tark etdi
Foto: Reuters

Yevropa Chempionlar Ligasida chorakfinalning yana ikki ishtirokchisi aniq bo‘ldi. O‘z maydonida «Real»ni qabul qilgan «Manchester Siti» Madriddagi birinchi o‘yinda bo‘lgani kabi 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorakfinalga chiqdi. «Real» esa ketma-ket ikkinchi mavsum YeChLni pley-offda tark etdi.

Yana bir chorakfinalchi Turinda aniqlandi. O‘z maydonida «Lion»ni qabul qilgan «Yuventus» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi, ammo mehmondagi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat sabab musobaqani tark etdi. Shu tariqa YeChL chorak finalida «Manchester Siti» va «Lion» o‘zaro to‘qnashadigan bo‘ldi.

«Real» ketma-ket ikkinchi mavsum chorakfinalga chiqa olmayotgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu 2010 yildan buyon ilk marta 1/8 finalda qolib ketdi.

YeChL-2019/20
Chorak final. Javob o‘yinlari

Manchester Siti – Real Madrid 2:1

Gollar: Sterling (9), Gabriel Jyezus (68) – Benzema (28).
Manchester Siti: Ederson, Joau Kanselu, Uoker, Laport, Fernandino, de Bryuyne, Rodri Ernandes, Foden (Bernardu Silva, 67), Gyundogan, Sterling (Silva, 81), Gabriel Jyezus.
Real Madrid: Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 83), Militao, Varan, Mendi, Kroos, Kazemiro, Rodrigo (Asensio, 61), Modrich (Valverde, 83), Azar (Yovich, 83), Benzema.
Birinchi o‘yin: 2:1

Yuventus – Lion 2:1

Gollar: Ronaldu (43, penalti, 60) – Depay (13, penalti).
Yuventus: Shesni, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Rabo, Kuadrado (Danilo, 70), Bentankur, Pyanich (Remzi, 60), Bernardeski (Dibala 70, Oliveri 84)), Iguain, Ronaldu. 
Lion: Antoni Lopesh, Denayyer (Andersen, 61), Marselo, Marsal, Dyubua (Tete, 90+1), Auar (Mendes, 90+1), Kakre, Bruno Gimaraesh, Korne, Toko-Ekambi (Reyne, 67), Depay (Dembele, 67).
Birinchi o‘yin: 0:1.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentyabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top