10:04 / 09.08.2020
41561
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 30 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 279 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 30 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 9 avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30197 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining 142 nafari Toshkent shahrida, 133 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli Q.Ya. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan. Endilikda O‘zbekistonda rasmiy statistikada qayd etilgan koronavirus qurbonlari soni 190taga yetdi.

Shu vaqtgacha O‘zbekistonda 21 ming 316 kishi koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan (71 foiz).

Hozirda mamlakatda 8691 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top