10:21 / 09.08.2020
7338
Tramp o‘z saylovoldi kompaniyasining bosh homiysi bilan nizolashib qoldi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z saylovoldi kompaniyasining eng yirik homiysi hisoblangan milliarder Sheldon Adelson bilan telefon suhbati vaqtida nizolashib qoldi. Shundan keyin Trampning partiyadoshlari AQSh prezidenti bosh homiysidan ayrilishi mumkinligidan xavotirga tushishdi.

Foto: Foto: Drew Angerer / Getty Images

Politico nashrining xabar berishicha, Respublikachilar partiyasining eng yirik homiysi hisoblangan 87 yoshli Adelson pandemiya vaqtida iqtisodiyotni jonlantirish haqida suhbatlashish uchun bir hafta avval Trampga qo‘ng‘iroq qilgan. Biroq Oq uy rahbari suhbat vaqtida gapni asosiy mavzudan prezident poygasi muammolariga burib yuborib, milliarderni uning saylovoldi kampaniyasini yetarlicha moliyalashtirmayotganlikda ayblagan. 

AQSh prezidenti Adelsondan nima uchun biznesmen uni qo‘llab-quvvatlashga kam mablag‘ sarflayotganini so‘ragan. Milliarderning bu tanbehga nima deb javob bergani noaniq, biroq endilikda respublikachilar Tramp bosh homiysisiz qolishidan xavotirlanishmoqda.

Sheldon Adelson amerikalik biznesmen bo‘lib, Forbes’ning iyuldagi ma'lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 30,8 mlrd dollarni tashkil qiladi. U bu ko‘rsatkich bilan eng boy odamlar reytingida 28-o‘rinni egallamoqda. 

Top