02:15 / 09.08.2020
29968

YeChL. «Barselona» va «Bavariya» keyingi bosqichda. Chorakfinalning barcha ishtirokchilari aniq bo‘ldi

Foto: Reuters

Yevropa Chempionlar Ligasida chorakfinalning barcha ishtirokchilari aniq bo‘ldi. O‘z maydonida «Napoli»ni qabul qilgan «Barselona» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga chiqdi.

Messi va jamoasining chorakfinaldagi raqibi esa Myunxenda aniqlandi. Birinchi o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan «Bavariya» Angliyaning «Chelsi» klubi darvozasiga bu gal 4ta gol urdi. Shu tariqa «Barselona» va «Bavariya» keyingi bosqichda o‘zaro to‘qnash keladigan bo‘ldi.

YeChL-2019/20
Nimchorak final. Javob o‘yini

Barselona – Napoli 3:1
Gollar: Langle (10), Messi (23), Suares (45, penalti) – Insine (45+2, penalti).
Barselona: ter Stegen, Alba, Langle, Pike, Serdji Roberto, de Yong, Rakitich, Semedu, Suares, Grizmann (Monchu, 84), Messi.
Napoli: Ospina, Mariu Ruy, Di Lorenso, Kulibali, Manolas, Demme (Lobotka, 46), Zelinski (Losano, 70), Kalexon (Politano, 70), Fabian Ruis (Elmaz, 79), Insine (Milik, 79), Mertens.
Ogohlantirishlar: Zelinski (60).
Birinchi o‘yin: 1:1.

Bavariya – Chelsi 4:1
Gollar: Levandovskiy (10 penalti, 84), Perishich (24), Tolisso (76) – Abraham (44).
Bavariya: Noyyer, Boateng (Zyule, 64), Alaba, Kimmix (Odriosola, 71), Alkantara (Tolisso, 71), Devis, Gnabri (Martines, 81), Goretska, Perishich (Koutino, 64), Levandovski, Myuller. 
Chelsi: Kabalero, Zuma, Jyeyms, Kristensen, Emerson, Kante, Kovachich, Maunt, Barkli, Hadson-Odoi, Abraham (Jiru, 81).
Ogohlantirishlar: Kabalero (8), Emerson (43).
Birinchi o‘yin: 3:0

Chorakfinal juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

«Atalanta» – «PSJ»
«Leypsig» – «Atletiko»
«Manchester Siti» – «Lion»
«Barselona» – «Bavariya»

Chorakfinalda g‘olib bo‘lgan jamoalar yarimfinalda kim bilan o‘ynashi ham aniq. «Atalanta» – «PSJ» o‘yini g‘olibi final yo‘llanmasi uchun «Leypsig» – «Atletiko» juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi. «Manchester Siti» – «Lion» o‘yini g‘olibi esa yarimfinalda «Barselona» yoki «Bavariya»ga qarshi o‘ynaydi.

YeChL chorakfinalidan boshlab barcha to‘qnashuvlar bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi va o‘yinlarning hammasi Portugaliyaning Lissabon shahrida o‘tkaziladi.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top