10:00 / 10.08.2020
18137
Bir qizgina yelkasida ko‘targan dard – bunaqasi kam uchraydi

Kun.uz saytiga yordam ilinjidagi turli toifa bemorlar murojaat qilishadi. Ammo bu safargi qahramonimiz taqdiri boshqalaridan farq qiladi va uni qiynayotgan kasallik kam uchrashi bilan birga ancha murakkab ham.

13 yoshli Muslima Isroilova bir necha kasalliklar bilan birvarakayiga kurashmoqda. Shu yoshga kirgan bo‘lsa hamki gapira olmaydi, qulog‘i ham eshitmaydi. Ammo uni qiynayotgan eng katta muammo bu tayanch harakat tizimidagi buzilishlar. Oyog‘i ikki marta operatsiya qilinishi ortidan u tik tura, yura olayapti. Ammo belidagi murakkab egrilish, umurtqa pog‘onasining aql bovar qilmas darajada qiyshiqligi, skolioz Muslima hayotini azoblarga aylantirgan.

Suratlar barchasi haqida oshkor qiladi. Nigohlardagi mung va ilinj kishining ko‘zini yoshga to‘ldirsa, ortdan olingan surat ayni o‘ynab-kuladigan yoshdagi qizgina duch kelgan sinovlar haqida so‘zlab turibdi.

Muslimani Rossiyadan kelgan shifokorlar tekshirishgan va kasallik rivojlanishini to‘xtatish imkoniyati borligini, u qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, mustaqil harakatlanish qobiliyatini saqlab qolishi mumkinligini bildirishgan.

Ular ishtirokida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan operatsiya 6 ming dollarga baholangan. Otasining o‘zi ham nogironligiga qaramay harakat qilgan, tanish-qarindoshlar yordam berganlar va hozirgacha 2 ming dollar atrofida mablag‘ yig‘ilgan.

Ammo sentyabrga mo‘ljallangan operatsiya uchun qolgan 4 ming dollar, ya'ni 40 mln so‘m atrofidagi mablag‘ bu oila uchun jiddiy muammo bo‘lmoqda.

Muslima gapira olmaydi. Shu holida ham namozlarini kanda qilmaydi. Qo‘li qisqa ota-onasini qiyin ahvolga solganidan xijolatligini nigohlari bilan bildiradi. Panaga o‘tib yig‘laydi...

 Muslima Isroilovaga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0604 4381 3580 (Xalq banki, otasi Ismoil Toshkanboyev nomida)

8600 0207 7823 5056 (Milliy bank, tanishi Nodirjon Mo‘minov nomida)

Sberbank VISA: 4276 4000 6936 3670 (tanishi Shermat Diyorov nomida)

Telefon raqamlari: +998998870453, +998998680453

 Azizlar! Hammasini o‘zingiz ko‘rib turibsiz, nimagadir chorlashga hojat yo‘q. Ishqilib har biringizning ehsoningiz bir mushtiparning duolari bilan ulkan savoblarga aylansin.

 Abror Zohidov.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top