07:40 / 10.08.2020
3155
Hindistonda ko‘chki oqibatida choy plantatsiyasining 43 ishchisi halok bo‘ldi

Hindistonning Kerala shtatidagi choy plantatsiyasida ko‘chki yuz berishi oqibatida kamida 43 kishi halok bo‘ldi. 

Foto: Reuters

Reuters axborot agentligining xabar berishicha, 26 kishining jasadi 8 avgustga o‘tar kechasi aniqlangan. 9 avgustda esa qurbonlar soni 43 nafargacha yetgan

Mahalliy hokimiyatda ta'kidlanishicha, yomg‘ir sababli qutqaruv operatsiyasi vaqtincha to‘xtatilgan, biroq qidirish ishlari keyinroq “oxirgi jasad topilmaguncha” davom ettiriladi. 

Top