19:30 / 10.08.2020
4894
Hongkongda muxolifatchi mediamagnat Jimmi Lay hibsga olindi

Hongkong politsiyasi 10 avgustda muxolifatchi mediamagnat Jimmi Layni hibsga oldi. U milliy xavfsizlikni ta'minlash haqidagi yangi qonunni buzishda va “xorijiy kuchlar bilan til biriktirishda” ayblanmoqda. 

Foto: Bloomberg

South China Morning Post nashri ma'lumotlariga ko‘ra, multimillioner Koulun yarimorolidagi uyida milliy xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi yangi maxsus bo‘linma xodimlari tomonidan hibsga olingan.

Ma'lum qilinishicha, Lay 2019 yilda Hongkongda ekstraditsiya haqidagi qonunga tuzatmalar kiritilgandan keyin hukumatga qarshi avj olgan namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagan va uning tashkilotchilaridan biri hisoblanadi.

“Pingo jibao” gazetasi egasi hisoblangan magnat AQSh siyosiy elitasi bilan yaqin aloqalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Hongkongla milliy xavfsizlikni ta'minlash haqidagi qonun 30 iyunda Xalq vakillari Umumxitoy yig‘ini doimiy qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan. Ushbu qonun ayirmachilik, terrorchilik, davlat hokimiyatiga putur yetkazish, xorijiy kuchlar bilan til biriktirish kabi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan va bu jinoyatlar uchun oliy jazo sifatida umrbod qamoq jazosini ko‘zda tutadi. 

Top