13:46 / 10.08.2020
11313

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti O‘zbekistonga insonparvarlik yukining navbatdagi partiyasini yetkazib berdi 

Asbob-uskunalar va himoya vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga taqdim qilindi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi Birdamlik va COVID-19’ga javob berish global jamg‘armasi orqali JSST Bosh qarorgohi tomonidan xarid qilingan, umumiy qiymati 300 ming AQSh dollariga teng insonparvarlik yukining navbatdagi partiyasini, JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida, O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berdi. 

Bu safar Istanbul reysi orqali 500 ta kislorod konsentratorlari yetkazib berildi. Haftaning oxirida laboratoriya ishlari uchun zarur bo‘lgan sarflanadigan materiallardan iborat yana bir yuk kelishi kutilmoqda. 

- Pandemiyaning boshidan JSST vakolatxonasi BMT hamkor agentliklari bilan birgalikda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan yaqindan ishlab kelmoqda. Kerakli asbob-uskuna va himoya vositalarini yetkazib berish – bu mamlakatga ko‘rsatilayotgan ko‘makning bir qismidir. Bulardan tashqari, JSST shifokorlar, hamshiralar, boshqa tibbiy xodimlar malakasini oshirishga, laboratoriya xodimlarini o‘qitishga, xalqaro tajribadan foydalangan holda davolash protokollarini tuzishda ko‘maklashishga, koronavirus infeksiyasi to‘g‘risidagi doimiy ravishda yangilanib borayotgan xalqaro axborotni erkin olish imkoniyatini ta'minlashga katta e'tibor qaratmoqda, - deb tushuntirdi JSSTning O‘zbekiston Respublikasidagi vakili, doktor Lian Kuppens.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Toshkentga insonparvarlik yuklarini jo‘natishni muntazam ravishda amalga oshiryapti. Masalan, iyulda mamlakatga umumiy qiymati 4 million AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan yuklar yetkazib berildi. O‘z ichiga yuz uchun 619 400 ta himoya qalqonchasi va 2 176 000 dona jarrohlik niqobini olgan birinchi partiya 8 iyulda yetib keldi. 17 iyulda tibbiy xodimlar uchun quyidagi shaxsiy himoya vositalari qabul qilindi: 95 200 dona himoya ko‘zoynaklari, 178 000 dona himoya kombinezonlari, 12 000 dona jarrohlik niqoblari va 1 064 000 dona KN95 respirator niqoblari. 24 iyulda poytaxtga 38 400 dona test-tizimlari va boshqa laboratoriya asbob-uskunalari yetkazib berildi. 

Asbob-uskunalar va himoya vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga taqdim qilindi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top