12:35 / 10.08.2020
48574

«O‘zgidromet» shu hafta kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida ob-havo quruq va issiq bo‘ladi, harorat 33-38 darajani tashkil qiladi. Ayrim joylarda shamolning tezligi 15 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Foto : KUN.UZ

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga mamlakat hududiga kuchsiz havo oqimining kirishi kutilmoqda, natijada harorat biroz - kechasi 18-23, kunduzi 30-35 darajagacha pasayadi. 

Ish haftasining oxiriga kelib harorat ko‘tarila boshlaydi va 33-38 darajani tashkil qiladi.

Bugun va ertaga respublika tog‘li hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top