19:12 / 10.08.2020
11659

Tixanovskaya Belarus prezidenti saylovi natijalari ustidan shikoyat qildi

Belarus prezidenti bo‘lishga nomzod Svetlana Tixanovskaya saylov natijalari yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) shikoyat qildi.

Foto: CNN

«Svetlana bugun MSKga keldi va shikoyat xatini topshirdi», - deb komissiya vakilining so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.

Avvalroq MSK 9 avgust kuni o‘tkazilgan Belarus prezidenti saylovida mamlakatning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz, Tixanovskaya esa 10,09 foiz ovoz to‘plaganini e'lon qilgan edi.

Shundan so‘ng Tixanovskaya shtabi MSK e'lon qilgan natijalarni tan olmasligi haqida bayonot berdi va barcha hududlardagi ma'lumotlarga ko‘ra uning 70-80 foiz ovoz to‘plaganini qayd qildi.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top