22:47 / 10.08.2020
7109
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi

Portlendda 11 haftadan buyon tartibsizliklar davom etmoqda.

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp tartibsizliklar domida qolgan Portlend shahriga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi. U bu haqda Twitter sahifasida yozdi.

"Vaziyat nazoratdan chiqib ketgan Portlendga nihoyat, uch oydan so‘ng milliy gvardiyani kiritish kerak. Mer va gubernator odamlar hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda. Buning uchun ular javob beradi. Gvardiya zudlik bilan harakat qilishga tayyor", - deb yozdi u.

Portlendda 11 haftadan buyon tartibsizliklar davom etmoqda. Avvalroq shaharga federal kuch tuzilmalari, jumladan AQSh ichki xavfsizlik vazirligi xodimlari jo‘natilgandi. Avgust boshlarida Oregon shtati ma'muriyati talabi bilan kuchlar olib chiqib ketilgan.

Namoyish va tartibsizliklar afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan so‘ng boshlangandi.

Top