18:12 / 10.08.2020
8853

Xiaomi eng qimmat smartfonidan voz kechdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi Mix Alpha smartfonini ishlab chiqarishdan voz kechdi.

Foto: Xiaomi

Bu haqda kompaniya asoschisi Ley Tszyun Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida gapirib berdi. Tadbirkor buning sabablarini tushuntirar ekan, yangi smartfonni ishlab chiqarish uchun ko‘proq vaqt zarurligini ta'kidladi.

Xiaomi kompaniyasi bozordagi eng qimmat devayslardan biri bo‘lishi kutilayotgan Mi Mix Alpha smartfonini 2019 yil kuzida ommaga tanishtirgan edi. Tszyun so‘zlariga ko‘ra, bu faqat tadqiqot loyihalaridan biri bo‘lgan va u o‘z maqsadiga erishgan.

Shuningdek, Xiaomi kompaniyasi Surge protsessorlari loyihasini ham yopganini e'lon qildi. Tadbirkor uni ishlab chiqarish jarayonida ba'zi qiyinchiliklarga duch kelganini, ammo kelajakda bu loyihaga albatta qaytishini ta'kidladi.

Konseptual dizaynga ega Mi Mix Alpha smartfoni  ekrani korpusining 180 gradus yuzasini egallashi, ya'ni deyarli ikkitomonlama bo‘lishi rejalashtirilgandi. Snapdragon 855+ protsessori, 12 gigabayt operativ xotira va 512 gigabayt o‘rnatilgan xotira, 108 megapikselli Samsung kamerali smartfon 20 ming yuan yoki 3000 AQSh dollari qiymatiga baholanayotgandi.

Mavzuga oid
Top