08:10 / 10.08.2020
4298

Xorazmdagi sport maktablari ham vaqtinchalik shifoxonalarga aylantirildi

Mamlakatda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish maqsadida joylarda kasallarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va davolash maqsadida tashxislash va saralash taqsimot punktlari ochilmoqda.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi sport ta'lim muassasalari inshootlari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun maxsus markazlarga aylantirilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu kunga qadar Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining 4 ta sport zalida 718 o‘rinli, Xiva shahridagi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining kurash zalida 132 nafar koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarni qabul qilishi uchun moslashtirilmoqda.

Mazkur vaqtinchalik shifoxonalarda bemorlar shifokorlar nazoratida bo‘lib, tegishli muolajalar oladi. 

Top