00:59 / 11.08.2020
4879
Filippin prezidenti koronavirusga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib o‘zida sinashga tayyorligini aytdi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksinani birinchi bo‘lib o‘zida sinashga tayyorligini bildirdi. U buni millatga telemurojaatida ma'lum qildi.

Foto: Maxim Shemetov/Reuters

Dutertening ta'kidlashicha, u shu tarzda Rossiyada olib borilgan tadqiqotlarga to‘liq ishonishini ko‘rsatmoqchi va vaksina “insoniyatga foyda keltiradi”, deb hisoblamoqda. “Men ularga [Rossiyaga] ishonishimni va ular bizga vaksina taklif qilib xato qilmaganlarini ko‘rsatish uchun vaksinani birinchi bo‘lib qabul qilaman. Vaksina yetib kelganda, mish-mishlar tarqalmasligi uchun jamoatchilikka emlanganimning isbotini keltiraman”, deb aytgan Filippin prezidenti. 

Dutertening ta'kidlashicha, agar vaksina unga to‘g‘ri kelsa, unda uni qolgan filippinliklarga ham qilish mumkin bo‘ladi. 

7 avgustda Rossiyaning Filippindagi elchisi Igor Xovayev Moskva Manilaga koronavirusga qarshi vaksinani yetkazib berishga va uning mahalliy ishlab chiqarilishiga sarmoya kiritishga tayyorligini ma'lum qilgan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Filippin bu yo‘nalishda hamkorlikning uch variantidan birini tanlashi mumkin bo‘ladi: vaksinaning yetkazib berilishi, uning mahalliy ishlab chiqarilishi va klinik sinovlar o‘tkazilishi.

Avvalroq RFPI rahbari Kirill Dmitriyev 20 dan ko‘proq davlat Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining N.F.Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya markazi vaksinasiga qiziqish bildirayotganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, 5 davlat vaksinani ishlab chiqishda ishtirok etmoqchi.

Ayni vaqtda Filippinda koronavirusga chalinganlar soni 136 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda, virusdan 2,2 ming kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top