00:19 / 11.08.2020
55972
Koronavirus: Jami holatlar 31 mingdan oshdi, qurbonlar soni rasman 200 nafarga yetdi

10 avgust kuni O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 695ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 31 304taga yetdi. Bugun shuningdek, 950 bemor tuzaldi, yana 6 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 10 avgust kuni mamlakatimizda 695 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 143 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 552 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», – deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi zararlanish holatlari 7ta hududda qayd etildi:

  • Toshkent shahri – 407
  • Toshkent viloyati – 238
  • Samarqand viloyati – 19
  • Andijon viloyati – 11
  • Sirdaryo viloyati – 11
  • Jizzax viloyati – 7
  • Farg‘ona viloyati – 2

Tuzalganlar (+950)

Bugun respublikaning 13 hududida jami 950 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 22 992 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahri – 476
  • Toshkent viloyati – 235
  • Samarqand viloyati – 104
  • Surxondaryo viloyati – 38
  • Sirdaryo viloyati – 28
  • Navoiy viloyati – 16
  • Andijon viloyati – 12
  • Jizzax viloyati – 11
  • Buxoro viloyati – 10
  • Namangan viloyati – 7
  • Xorazm viloyati – 7
  • Farg‘ona viloyati – 3
  • Qoraqalpog‘iston – 3

O‘lim holatlari (+6)

Bugun ham SSV 6ta o‘lim holati haqida xabar berdi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha rasmiy statistikada qayd etilgan koronavirus qurbonlari soni 200 nafarga yetdi.

  • Toshkent viloyati Qibray tumanida yashagan 44 yoshli A.A. (erkak)
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli U.M. (ayol)
  • Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 63 yoshli D.S. (erkak)
  • Toshkent viloyati Qibray tumanida yashagan 80 yoshli X.A. (erkak)
  • Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 50 yoshli D.A. (ayol)
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli M.M. (ayol) 

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 112 nafar bemordan 1 361 nafari og‘ir, 387 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top