19:28 / 11.08.2020
27267
Koronavirus yuqtirib olish xavfini pasaytiruvchi usul topildi

Olimlar og‘izni chayish koronavirus yuqtirib olish xavfini sezilarli darajada pasaytirishini aniqlashdi. Biroq, bu usul virusni butunlay o‘ldirmaydi.

Foto: AP

Germaniyaning Rur universiteti olimlari dorixonalarda sotiluvchi va turli tarkibga ega 8ta suyuqlikni testdan o‘tkazishdi. Tadqiqotchilar har bir suyuqlikni COVID-19 zarralari bilan aralashtirib, 30 soniya davomida chayqab, og‘iz chayish holatini modellashtirib ko‘rishdi.

Eksperiment barcha suyuqliklar virusning dastlabki titrini kamaytirganini ko‘rsatdi. Aralashma qatorasiga uch marta chayqalgan holatda esa titr shu darajada kamaydiki, hatto virusni aniqlash imkoni bo‘lmay qoldi.

Olimlarning ta'kidlashicha, og‘iz chayqaladigan suyuqliklar virusni batamom o‘ldirmaydi, balki uning tarqalish xavfini kamaytiradi.

«Og‘izni chayqash hujayralarda virusning ko‘payishini bartaraf qilolmaydi. Ammo qisqa muddatli istiqbolda virus yuqish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan og‘iz va tomoqda tarqalishini kamaytirishi mumkin», - dedi universitetning yetakchi olimi Toni Meyster.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top