11:56 / 11.08.2020
8953

Sirdaryoda ikkita «Neksiya» to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan belgilangan qoidalarga amal qilish so‘ralgan.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati

Joriy yilning 10 avgust kuni soat 09:55larda Sirdaryo viloyati, Guliston tumani A.Navoiy MFY hududidan o‘tgan 4R-27 avtomobil yo‘lining 20-kilometrida haydovchi N.Sh. "Neksiya-2" rusumli transport vositasini "Guliston-Dehqonobod" yo‘nalishida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi A.Sh. boshqaruvidagi "Neksiya-2" rusumli transport vositasining old o‘ng tomoniga urilib YTH sodir etgan.

Natijada, yo‘lovchi O‘.S. olgan tan jarohatlari og‘irligidan vafot etgan. Haydovchi N.Sh va yo‘lovchilar P.G., H.O. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda

Mavzuga oid
Top