20:58 / 11.08.2020
1646
Xitoy Hongkong parlamenti vakolatlarini bir yilga uzaytirdi 

Xitoyning oliy qonunchilik organi Hongkong parlamenti vakolatlarini koronavirus pandemiyasi sababli parlament saylovlari bekor qilingani uchun kamida bir yilga uzaytirdi.

Foto: coconuts.com

Ushbu qaror Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini doimiy qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan. Bayonotda ta'kidlanishicha, 2020 yil 30 sentyabrdan keyin Hongkong parlamenti kamida bir yilga o‘z vakolatlarini bajarishda davom etadi. Shundan keyin 7-chaqiriqdagi parlament o‘z ishini boshlaydi. 

Avvalroq Hongkong hukumati pandemiya sababli parlament saylovlarini 2020 yil 6 sentyabrdan 2021 yil 5 sentyabrga ko‘chirgan. Hongkongda parlament saylovlari 4 yilda bir marta o‘tkaziladi.

Top