08:08 / 11.08.2020
8937

Zominda yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 4 kishi shifoxonaga olib ketildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 10 avgust kuni soat 16:30da haydovchi, 42 yoshli R.A. o‘zining boshqaruvidagi «Lada-Largus» rusumli avtomashinada Xovos tumanidan Dashtobod yo‘nalishiga qarab harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u Jizzax viloyati Zomin tumani hududidan o‘tuvchi A-376-avtomobil yo‘lining 239-km.ga kelganida o‘zidan oldinda ketayotgan avtomashinani quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan vaqtida, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 42 yoshli R.X.ning boshqaruvida bo‘lgan «Isuzu» rusumli yuk mashinasining oldi tomoniga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, «Lada-Largus» rusumli avtomashina yo‘lovchilari 31 yoshli X.B. (ayol) va 55 yoshli B.B. (ayol) hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. «Lada-Largus» avtomashina haydovchisi R.A., yo‘lovchilari 30 yoshli B.B., va uning farzandlari 6 yoshli G.R. (ayol) hamda 4 yoshli R.R. turli tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top